Alloh uchun molidan sarflash
Assalamu alaykum, hazrat. Ijozatingiz bilan savolimni bersam: Bir kishi qo‘liga tushgan o‘z tasarrufida bo‘lgan puldan 10 foizini Alloh uchun sarflashga qaror qilgan bo‘lsa, sarflanadigan pul har oy o‘rtacha so‘mda 150 - 250 ming atrofida bo‘ladigan bo‘lsa, buni nimaga sarflash eng afzal bo‘ladi. Maslahat bering, ustoz. Moliyaviy tarafdan qiynalib qolgan oilaga beray desa, ularni ko‘nglini og‘ritib qo‘yishdan qo‘rqadi, yana u oila pul beruvchi kiishidan o‘zini qarzdorday his qilishi bor. Yoki masjid qutisiga tashlasinmi? Yo bundan-da afzal biror yo‘li bormi? Savoldagi kamchiliklar uchun ma’zur tuting. Alloh sizni o‘z panohida asrasin, qilayotgan xayrli ishlaringizda robbimning o‘zi madadkor bo‘lsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Muhtoj qarindoshlarga bersangiz, yaxshi bo‘ladi.
5 May 2022, 23:18 | Savol-javoblar | 152 | Moliya va tijorat
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Muhtoj qarindoshlarga bersangiz, yaxshi bo‘ladi.
5 May 2022, 23:18 | Savol-javoblar | 152 | Moliya va tijorat