Buvim bergan narsa menga halolmi?

Assalomu alaykum! Buvimlar sut va sut mahsulotlarini sotish bilan shug‘ullanishadi. Topayotgan daromadlarining halolligida shubham bor. Misol uchun, sutni litrini o‘lchashda ba’zida aniq o‘lchashmasligini guvoxi bo‘lganman. Undan tashqari, fermadan sut sotib olishganida shartnomada ko‘rsatilgan miqdorda olishlari kerak edi aslida. Ammo ferma ishchisi boshlig‘iga bildirmay buvimlarga ma’lum miqdorda ko‘p sut beradi va o‘sha sutning pulini o‘sha ishchiga berishardi. Bunga ko‘p bulmadi. Lekin hozir ham bunday qilishadimi yoki yo‘qmi buni aniq bilmayman. Shular sababli buvimlarnikiga imkon boricha kam boramiz, borsam xam baxona qilib hech narsa emaslikka harakat qilamiz. Sababini esa o‘zlariga aytolmayabman. Ammo ular men va oilamni ularnikiga kam boroshidan norozi. Savolim shuki, ularning topgan pullari halolmi? Biznikiga ham berib yuborgan narsalarini ham emasligik kerakmi? Agar topganlari halol bo‘lmasa men qanday yo‘l tutay, bormasam silai rahm qolib ketyapti, borsam darrov dasturhonga chaqirishadi. Har doim shu zaylda bo‘lavermaydiku! Oldindan katta rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! O‘zingiz buni nimaligini bilib turibsizku.  Vallohu a’lam!

3 May 2022, 14:33 | Savol-javoblar | 188 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar