So‘lakni yutsa ro‘za ochiladimi?

Assalomu alaykum! Savolim shuki, insonda ovqatlangach, tabiiy fiziologik holda doimgidan ko‘proq so‘lak ajraladi va u oshqozonga tushgach ham ovqat hazm qilishga yordam berishini bilamiz. Ammo, yaqinda so‘lak og‘izda to‘planib qolsa va uni qasddan yutsa ro‘zasi buziladi deb o‘qib qoldim. Saharlikdan so‘ng ko‘p so‘lak to‘planishi tabiiy-ku. Uni yutsa, ro‘za buziladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Noto‘g‘ri fatvo berilibdi. U bilan ro‘za ochilmaydi. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 01:57 | Savol-javoblar | 155 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar