Kofir guvoh ishtirokidagi nikoh

Assalomu alaykum! Nikoh paytida erkak va ayol musulmon. Guvohlarning biri musulmon ikkinchisi esa asli kofir, ammo zohiran Islom alomati ko‘ringan kishi. Zohiran qaraganda (kalimani aytadi, namoz o‘qiydi, ro‘za tutadi va hk) musulmon deb nikohga guvohlikka chaqirilgan. Mazkur ikki guvoh qarshisida qabul va iyjob o‘tgan zamon siyg‘asida aytilgan. Keyinchalik o‘sha ikkinchi guvoh nikoh payti asli kofir bo‘lib yurganini tan olib e’tirof etib qoladi. Va yana barcha kufrlaridan tavba qilib islomga haqiqiy kirganini izhor qiladi. Bunday holatda nikohni qayta o‘qitish kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizni tushunolmadik. Siz kofir deb aytgan odam avval bir marotaba bo‘lsa ham kalima aytgan bo‘lsa musulmon bo‘ladi. Qolaversa bu kabi masalalarni jonli majlisda, tomonlar guvohligida ko‘rish kerak.  Sizlar o‘zingizga yaqin joydagi biror ahli ilmga uchrab maslahat qilinglar. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 23:18 | Savol-javoblar | 159 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar