Istinjo
Assalomu alaykum! Biz Rossiyada ishlaymiz. Bir tanishim “Kichik hojat qilganda ya’ni bavl qilsa, yaxshilab artinib, yuvmasdan tahoratni qo‘ldan boshlasa bo‘ladi” dedi. Men “Tahorat qo‘ldan boshlanadi, katta hojat qilganda yuviladi va el chiqsa yuvilmaydi” deb eshitgandim. Bavl qilgach artinib, tahoratni qo‘ldan boshlasa bo‘ladimi? Chunki bizda suv sovuq, isitishga esa vaqt yo‘q, uning ustiga do‘stim gemaroy bo‘lgan. Javobingiz uchun rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! «Istinjo» deb, insonning ikki chiqaruv a’zosini peshob va axlatdan tozalashga aytiladi. Hanafiy mazhabida istinjoda ishlatiladigan tosh va kesaklar najosatni kamaytiruvchi hisoblanadi. Boshqa mazhablarda esa butunlay najosatni ketkazuvchi hisoblanadi. Hadislardagi juda ko‘p o‘rinlarda istinjo qilishda tosh va kesak bilan kifoyalanganliklari zikr qilingan. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رضي الله عنه قَالَ: اتَّبَعْتُ النَّبِيَّ صلي الله عليه وسلم وَخَرَجَ لِحَاجَتِهِ فَكَانَ لَا يَلْتَفِتُ فَدَنَوْتُ مِنْهُ فَقَالَ: ابْغِ لِي أَحْجَارًا أَسْتَنْفِضْ بِهَا أَوْ نَحْوَهُ وَلَا تَأْتِنِي بِعَظْمٍ وَلَا رَوْثٍ. فَأَتَيْتُهُ بِأَحْجَارٍ فِي طَرَفِ ثِيَابِي فَوَضَعْتُهَا إِلَى جَنْبِهِ وَأَعْرَضْتُ عَنْهُ فَلَمَّا قَضَى أَتْبَعَهُ بِهِنَّ. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ. 195. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam hojatlariga chiqqan edilar, ortlaridan bordim. Odatda u zot ortlariga qaramas edilar. U zotga yaqinlashgan edim:
«Menga «Toshlardan olib kel, ular bilan istinjo qilaman, (yoki shunga o‘xshashroq gap aytdilar) suyak yoki tezak olib kelma», dedilar. Kiyimimning etagiga tosh solib keltirib, yonlariga qo‘ydim va o‘girilib ketdim. U zot qazoi hojat qilib bo‘lib, ularni ishlatdilar».
Buxoriy rivoyat qilgan.
Sharh: Ushbu hadisi sharifdan qazoi hojat va istinjoga tegishli bir necha narsalarni o‘rganib olamiz.
1. Rahbar, ustoz kishilar qazoi hojatga qo‘zg‘alganda kichiklar va shogirdlar Abu Hurayra roziyallohu anhuga o‘xshab, hushyor bo‘lib, yordamga oshiqishlari zarurligi.
2. Ana shunday vaqtda kattalarning iznisiz ham ortlaridan borish mumkinligi. Chunki Abu Hurayra roziyallohu anhu Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning iznlarisiz ortlaridan bordilar.
3. Rahbar va ustoz kishilar o‘z atbo’ va shogirdlarini xizmatga buyurishlari joizligi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Abu Hurayra roziyallohu anhuga tosh keltirishni amr qildilar.
4. Istinjo shar’iy hukm ekanligi.
Imom Shofe’iy, Imom Ahmad va boshqalar «Istinjo – vojib», deganlar.
Imom Abu Hanifa esa «Sunnat», deganlar.
5. Toshlar bilan istinjo qilish joizligi. Ulamolarimiz «Tosh uchtadan kam bo‘lmasligi kerak», deydilar.
6. Tosh bilan istinjo qilish shart emasligi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sharoitlarida tosh ko‘p bo‘lganligi, uni topish osonligi uchun Abu Hurayra roziyallohu anhuga tosh olib kelishni amr qilganlar. Bu, toshdan boshqa narsa yaramaydi, degani emas.
Istinjo qilib bo‘lmaydigan narsalar – suyak va tezakni nomma-nom alohida aytganlaridan istinjo uchun toshdan boshqa narsa ham ishlatilishi mumkinligi kelib chiqadi. Toshning o‘rniga har bir quruq, pok, artishga yaraydigan va e’zozsiz narsa bo‘laveradi.
7. Suyak va tezak bilan istinjo qilib bo‘lmasligi. Shuningdek, bu ikki narsaning xususiyatlariga ega bo‘lgan narsalar bilan ham istinjo qilib bo‘lmaydi. Suyak – taom chiqindisi, tezak – hayvon chiqindisi hisoblanishi e’tiboridan shu gap aytilgan. Ba’zi ulamolar «Taom, ko‘mir, shisha, latta, daraxt bargiga o‘xshash narsalar bilan istinjo qilish ham makruh», deganlar.
Shunday bo‘lgach, foydali narsalar bilan istinjo qilinmasligi o‘z-o‘zidan ma’lum.
Ba’zi qadimgi ulamolarimiz «Qog‘oz bilan istinjo qilish makruh», deganlar. Chunki ularning vaqtida qog‘oz kamyob bo‘lgan. Hozir ham foydalanadigan qog‘oz bilan, xususan, yozuvi bor qog‘oz bilan istinjo qilishga ruxsat berilmaydi. Ammo istinjo uchun alohida tayyorlangan qog‘oz bilan tozalanishga hamma ulamolar ruxsat berganlar. Chunki u shu maqsad uchun maxsus tayyorlangandir.
8. Qazoi hojat qilayotgan odamga qaramay, undan teskari o‘girilib turish kerakligi. Abu Hurayra roziyallohu anhu shunday qildilar.(“Hadis va Hayot” kitobidan).
Odatda sahobalar toshva kesaklar bilan birga suvni ishlatmaganlar. Lekin kesak bilan suvni birga ishlatuvchilar Qur’onda maqtalingan. Alloh taolo “A’rof” surasi 82-oyatida
«...ular o‘zlarini o‘ta pok tutadigan odamlardir»
deb maqtagan. Hanafiylarning gaplariga ko‘ra kesak va tosh ishlatilganidan keyin ham ikki yo‘lda bir oz bo‘lsada najosat qolishi aytilgan. O‘sha qolgan najosatning miqdori qanchaligi haqida quyidagilar aytilgan :
Undan (og‘ir najosatdan) dirham miqdori afv qilinadi. U quyuq najosatda bir misqol, suyuqda kaft(yoyib, barmoqlarni hisobga olmay o‘rtasiga suv quyilganda to‘kilmay qolgan) miqdorichadir.
Ushbu miqdorgacha bo‘lgan og‘ir najosat tekkan kiyim ila namoz o‘qisa joiz. Undan ortganda o‘qib bo‘lmaydi. Oz miqdordagi najosatdan saqlanish qiyin bo‘lganidan bunga ruxsat berilgan. Dirhamning og‘irligi 2,975 gramm.(“Kifoya” kitobidan). Vallohu a’lam. [url=https://savollar.islom.uz/savol-39145/https://savollar.islom.uz/savol-39145/[/url]
29 Aprel 2022, 10:51 | Savol-javoblar | 189 | Tahorat