G‘ayridinning mulki

Assalomu alaykum! Do‘stimga rus yigitlarining koptogini berishdi. Buni o‘g‘irlanganini bildi, uni olsa bo‘ladimi yoki harommi? Ya’ni o‘g‘irlangan narsalarni pulga sotib olsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Fiqhda qoida bo‘lib, unda “Olish harom bo‘lgan narsani o‘zga olishi ham harom. Masalan birovning narsasini o‘g‘irlash harom, o‘g‘irlanganini bilib turib uni o‘g‘ridan olish ham harom”. Boshqa narsalar ham shuning ostiga kiraveradi. Masalan pora, foizga pul, birovning mulkini tortib olish, shariat harom qilgan narsalarni sotib topilgan mol-mulklar, zino kabi harom yo‘llar bilan pul topish va ularni shu yo‘llar bilan topilganini bilib turib olish ham joiz emas. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 23:40 | Savol-javoblar | 142 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar