Farzandni almashtirish
Assalomu alaykum! Alhamdulillah, yaqinda ikkinchi o‘g‘il farzandli bo‘ldim. Akam ham uchinchi qiz farzandini ko‘rdilar. Onamlar «senda o‘g‘il bor, akang bilan farzandlaringni almashib ol, savob bo‘ladi» dedilar. Men qarshilik qildim. Alloh bergan farzandni almashtirish Uning qadariga isyon qilish emasmi? Axir o‘g‘il yoki qizni Alloh beradiku. Bu gapim bilan men o‘zimga sevimli bo‘lgan narsani birodarimga ravo ko‘rmay gunohkor bo‘lib qolmadimmi? Iltimos to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatinglar. Agar farzand almashtirib olinsa, o‘zining asl farzandi uchun ota javobgar bo‘ladimi? Savol matni uzun bo‘lsa ma’zur tutasizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu erda almashtirishga hech qanday hojat yo‘q. Keyinchalik qaramog‘iga olishlari mumkin. Bola o‘g‘il bo‘ladimi yoki qizmi onaning unga tabiiy muhabbati bo‘ladi. Onalarni bundan mosuvo qilish kerak emas. Qolaversa farzand tarbiya qilishda ona bilan onaning farqi bor, sutining farqi bor, undan o‘tadigan mehrning farqi bordir. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 14:31 | Savol-javoblar | 153 | Oila va turmush