Nima qilsamikin?
Assalomu alaykum! Biz akam bilan bozorda savdo qilamiz. Biznikiga o‘xshagan boshqa bir magazindan o‘zimizda qolmagan yukni telefon qilsak shogirdi olib kelib berardi. Pulini o‘sha kuni yoki ertasiga berardik. Bir kuni shogirdiga telefon qildim yana yuk olib kel dedim. Eski qarzimni beraman yangisini ertaga beraman dedim. Ho‘p deb olib keldi. Erta bo‘ldi yana yuk olib kel dedim. Olib keldi. Kelib sizdan 385 ming dedi. Eski qarzim esidan chiqibdi. Man sandan 585 ming qarzman dedim. Ozgina o‘yladida e xa esladim dedi. 585 berdim. Akam bn shubhalandikda ketganidan keyin xo‘jayiniga tel qilib shogirdiz necha pul olib borib berdi desak. 385 ming dedi. U 200 mingni olib borib bermagan. Savolim: biz nima qilaylik xo‘jayiniga bo‘lgan voqeani aytib beraylikmi yoki shogirdiga ikkinchi bunaqa qilma deb maslahat beraylikmi? Iltimos maslahat bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Xo‘jayiniga ayting. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 02:42 | Savol-javoblar | 153 | Administrator
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Xo‘jayiniga ayting. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 02:42 | Savol-javoblar | 153 | Administrator