Axlat idishdagi jo‘jalar
Assalomu alaykum! Rossiyaning Irkutsk shahridamiz. Xo‘jayinim bilan bir tanishimiznikidan iftorlikni o‘tkazib qaytayotgan edik. Uyimiz yaqiniga etganda jo‘jachalarning chiriqlagan ovozini eshitdik. Ovoz musur kantiynerining ichidan kelardi. Borib ko‘rganimizda 200 dan ortiq, tuxumlar katta selofan paket ichida hali ochib chiqishga ulgurmagan bo‘lsa ham tinimsiz chiriqlardi. To‘g‘risi rahmimiz kelib, vujudimiz titrab ketdi. Paketni olib uyga olib kirdik. Darhol sharoit yaratib tiriklarini ajratib oldik. Saharlik vaqtiga 20ta juo‘ja ochib chiqdi. Jo‘jachalarni nima qilaylik? Sharoitimiz bor. Boqib o‘stirishga haqqimiz bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Axlatdan olganingiz uchun boqib o‘stirishga haqqingiz bor. Vallohu a’lam!
5 May 2022, 23:50 | Savol-javoblar | 162 | Dolzarb savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Axlatdan olganingiz uchun boqib o‘stirishga haqqingiz bor. Vallohu a’lam!
5 May 2022, 23:50 | Savol-javoblar | 162 | Dolzarb savollar