Islomni haqorat qilganlarga qanday chora ko‘rish kerak?
Assalomu alaykum! O‘zga yurtda o‘qiyman. Musulmon diyori bo‘lmaganligi uchun, guruhimning asosiy qismi kofirlardan tashkil topgan. Menimcha iymoni bor har bir musulmonni ko‘nglini og‘ritadigan hodisa yuz berdi. Bir kofir bola Alloh ismini hazilomush tarzda ishlatdi. Men unga qarshi kerakli chora ko‘rdim, Alloh kechirsin jahl ustida shaytonga aldangan bo‘lsam. Lekin ertasi kuni u boshqa bollar bilan meni ustimdan kulish maqsadida video oldi, lekin unda Islomni ochiq haqorat qilmagan (ko‘cha tilida tekkizdirib gapirgan). Men ularga qarshi qanday chora ko‘rishim kerakki boshqa bu hol hech qaytarilmasin?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz noto‘g‘ri ish tutibsiz. Bir insonni yomon ishdan qaytarish uchun avval ularni muhabbatini qozonish kerak. Alloh taolo "An’om" surasida marhamat qiladi: وَلاَ تَسُبُّواْ الَّذِينَ يَدْعُونَ مِن دُونِ اللّهِ فَيَسُبُّواْ اللّهَ عَدْوًا بِغَيْرِ عِلْمٍ كَذَلِكَ زَيَّنَّا لِكُلِّ أُمَّةٍ عَمَلَهُمْ ثُمَّ إِلَى رَبِّهِم مَّرْجِعُهُمْ فَيُنَبِّئُهُم بِمَا كَانُواْ يَعْمَلُونَ 108. Ularning Allohdan o‘zga ibodat qiladiganlarini so‘k¬mangizki, bilmasdan, tajovuz ila Allohni so‘kib yurmasinlar. Har bir ummatga o‘z amalini ana shunday chiroyli qilib ko‘rsatib qo‘ydik. So‘ngra esa qaytishlari faqat Robblarigadir. Bas, U qilib yurgan amallarining xabarini berur.
Mushriklar Allohni qo‘yib, sanam va butlarga ibodat qiladilar. Ushbu oyati karimada mushriklarning o‘sha butlarini haqorat qilmaslik buyurilmoqda.
«Ularning Allohdan o‘zga ibodat qiladiganlarini so‘kmangizki...»
Ularning butlarini so‘kishdan qaytarishning asosiy sababi oyatning o‘zidan anglashilyapti:
«...bilmasdan tajovuz ila Allohni so‘kib yurmasinlar».
Ya’ni musulmon kishi mushrikning sanamini so‘ksa, bundan g‘azablangan mushrik ham unga javoban Alloh subhanahu va taoloni tahqirlashi mumkin. Bu turgan gap. Chunki:
«Har bir ummatga o‘z amalini ana shunday chiroyli qilib ko‘rsatib qo‘ydik».
Insonning tabiati shunday. Qilayotgan amallari uning o‘ziga go‘zal va ziynatli ko‘rinaveradi. Hatto butun insoniyat qabohat deb ittifoq qilgan ishni maqtashga so‘z topadi. Shuningdek, mushriklarga ham o‘z shirklari juda ham ziynatli bo‘lib tuyuladi. Ana shu e’tibordan ularning butlari haqoratlangan chog‘da g‘azablanishlari mumkin. Musulmon odam odobli bo‘lgani uchun ham bu ishni qilmasligi kerak. Allohga havola qilib qo‘yaversa, u yog‘ini Allohning O‘zi biladi.
«So‘ngra esa qaytishlari faqat Robblarigadir. Bas, U qilib yurgan amallarining xabarini berur».
Shunday ekan, musulmonning ko‘ngli to‘q bo‘lsin. Ammo mushriklar har doim yangi gap, yangi takliflar topib turadilar. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:42 | Savol-javoblar | 141 | Dolzarb savollar