Umrbod yomonlik qilgan ramazonda o‘lsa jannatga kiradimi?

Assalomu alaykum! Ramazon oyida ammamlarnikiga mexmonga borganda, suxbatda bir gap eshitib qoldim. Ularning qishlog‘idan bir nomaqul ishlar qiladigan ayol shu oyda vafot etgan ekan. Ammamning aytishicha, u ayol to‘g‘ri jannatga kirgan, chunki ramazon oyida jannat eshiklari ochiladi. Shu gap rostmi? Ya’ni, umrini qanday yashab o‘tgan bo‘lsa xam, ramazon oyida vafot etish insonni jannatga olib kiradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hayotda qilgan amallariga qaraladi. Abdulloh ibn Ubay degan munofiq vafot topgan. Musulmon sahoba o‘g‘lining iltimosi bilan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘z ko‘ylaklarini unga kafan qilib kiydirganlar, muborak so‘laklaridan mayyitning og‘ziga solganlar, o‘zlari janozasini o‘qiganlar, qabrining ustida turib mag‘firatini so‘rab duo qilganlar. Erta yoki indiniga o‘sha shaxsning  do‘zaxiyligi haqida oyat nozil bo‘lgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u amallarni qasddan, barchaga “Meni kiyimim, meni so‘lagim, janozasini o‘zim o‘qib qabr ustida duo qilsam ham o‘zining amali bo‘lmasa holiga voy” degan ta’limotni berganlar. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 23:50 | Savol-javoblar | 153 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar