Men zakotni pulimdan beramanmi yoki taqinchoqlarimdan?

Assalomu alaykum! Mening nisobga etgan pulim bor. O‘zim taqib yurgan, lekin nisobga etmagan tilla va kumush taqinchoqlarim bor. Men faqat pulimdan zakot beramanmi yoki oz miqdordagi tilla va kumushlarimni qiymatini xam qo‘shib zakot beramanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Taqib yurganingizdan ham berasiz. Savol: Tilla, kumush taqinchoqlarning ishlatilayotganidan zakot beriladimi yoki hojati asliyadan ortgan miqdoridanmi? Javob: Taqinchoqlar xoh hojati asliya bo‘lsin, xoh hojati asliyadan tashqari bo‘lsin, ulardan zakot beriladi. (“Mo‘minning najoti” kitobidan). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:13 | Savol-javoblar | 123 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar