(ASD2) haqida

Assalomu alaykum! Hozir yangi bir dori chiqibdi. (ASD 2). Sovet davrida ishlab chiqarilgan. Radiaktsiyaga qarshi, xo‘jayra tiklovchi, uni ichgan odam kasal bo‘lmas emish. Uning tarkibi: Qurbaqani qattiq qizdirar ekan, so‘ng uch xil suyuqlik paydo bo‘lar ekan. Shuning o‘rtadagisi «ASD2» sirop shaklida sotilmoqda. Buni bizda ham ko‘pchilik ichadi. Shu dorini aniqlab, dinimizda halolmi aniqlab bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Tarkibiga qurbaqa kabi harom narsalar aralashgan bo‘lsa, uni iste’moli joiz emas. Agar bemor, och qolganda o‘limtikdan boshqa egulik yo‘q holatga tushgani kabi harom bilan davolanish darajasiga etsa, joiz. Vallohu a’lam!

20 Aprel 2022, 19:27 | Savol-javoblar | 232 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar