Birovning qoldirilgan buyumi
Assalomu alaykum! Xato va kamchiliklar uchun avvaldan uzr. Ukam madrasada ishlaydi. Xunarmand. O‘zining aloxida xonasi bor. Madrasa xojatxonasida bir oycha avval kimningdir soati qolib ketibdi. Arzon soat emas. Madrasaga o‘qituvchilar, o‘quvchilar kirishadi. Dars o‘tiladi. Agar ulardan birortasini yo‘qolganida e’lon qilinar ekan. Lekin madrasaga sayyoxlar, biror exson qiluvchilar xam kirar ekan. Balki o‘shalarniki qolgan bo‘lishi mumkin. Ukam shu soatni qo‘liga taqib yuribdi. Taqma bu birovning omonati. Uni ustiga arzon soat emasakan desam, egasi chiqsa qaytarib beraman dedi. Shu soatni taqib yurishi yokim egasi chiqmasa o‘ziniki qilib olishi mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Mutlaqo joiz emas. Ukangiz olmagan bo‘lganida qoldirgan odam kelib olib ketar edi. Haliyam kechmas madrasaga qaytarsin. Birovning haqqidan qo‘rqsin, qiyomat kuni o‘sha narsa evaziga qilgan hamma savoblarini olishi mumkin.
Hakimul ummat, mavlono Ashraf Ali Tahonaviy rohmatullohi alayh «Birovning haqqiga zulm qilganlarga Allohning rahmati yog‘ilmas» degan mavzuda o‘zlari boshdan kechirgan bir voqeani hikoya qilib beradilar: «Odatda bomdod namozidan keyin tafsir ilmi bilan mashg‘ul bo‘lardim. Bu borada «Bayonul-Qur’on» nomli tafsir kitobini yozishga kirishgan edim. Bir kuni ahli ayolim ertalab qaergadir borib kelish ijozatini oldi-da, soat sakkizda tovuqlarga em berib qo‘yish kerakligini eslatdi. Men «xo‘p» deb, o‘z ishim bilan ovora bo‘laveribman. Biroz o‘tgach, kitob yozish asnosida xayolimga kelib turgan fikrlarni qog‘ozga tushira olmay qoldim. Xuddi bilgan narsalarim yo‘q bo‘lib qolgandek edi. Tafsir borasida yangi fikr kelmay qolgach, shoyad boshqa ishga kirishsam, fikrlar ochilib ketar, degan xayolda xalqdan kelgan savollarga yozma javob berishga kirishdim. Biroq, taajjubki, bunda ham savollarga javob berishga, bilaman deb o‘ylagan narsalarimni qog‘ozga tushirishga qiynaldim. Go‘yoki fikrlarimni bir qora bulut to‘sib turganday edi. Qo‘rqib ketdim. Nahot men uchun Allohning rahmat eshiklari yopilib qolgan bo‘lsa, nima xatoga yo‘l qo‘ydim?! Shu payt ich-ichimdan «Sen Allohning maxluqotiga zulm qilasan-u, yana Allohning rahmatidan umid qilasanmi?», degan fikr keldi. «Astag‘firulloh» deb darhol o‘rnimdan turdim, tovuqxonaga borib ularga em berdim, Robbimga istig‘forlar aytib, tavba qildim: «Robbim, men ojiz bandangning bilmay qilgan xatosini O‘zing afv qil!». Shundan so‘ng xonamga kirib, «Bismillah» deb qalamni ushladim. Alhamdulillah, fikrlar yomg‘irdek yog‘ilib kela boshladi. Boyagi bulutdan esa asar ham yo‘q edi».
Endi birovning haqqiga oylab, yillab zulm qilganlar qanday qilib topgan narsalarini, mol-mulklarini Allohning rahmati, in’omi deb bilishi mumkin.
Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning bir sifatlari shuki, u zoti bobarakot butun olamga rahmatdirlar. U zot imkon qadar o‘sha rahmatdan ummatlariga ham etishidan umidvor edilar va qachon sahobalardan birortasi vafot etsa, janozasini o‘zlari o‘qishga shoshilar edilar. Hatto bir ayol vafot etib, dafn qilinganligini eshitganlarida «Menga xabar bermabsizlar-da», deb tanbeh ham berganlar va borib, qabrining tepasida unga janoza o‘qiganlar. Lekin vafot etib, zimmasida qarzi qolgan kishilarga janoza o‘qishdan bosh tortganlar. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 00:01 | Savol-javoblar | 167 | Halol va harom