Qazo namozlari va namozdagi salovatlar
Assalomu alaykum! Meni savollarim quyidagicha: 1. Bomdod, shom va xufton namozlarining qazosi ovoz chiqarib o‘qiladimi yoki barcha qazo namozlari ovoz chiqarmay o‘qiladimi? Men namozni bundan 20-25 yillar avval o‘rganganman. Men o‘rgangan namoz kitobda "Tashahhud" va "Salovat"larda biroz farq bo‘lgan ekan. Masalan, "Allohumma solli ’alo Muhammadin va ’alo oli Muhammad, kama sollayta ’alo Ibrohima va ’alo oli Ibrohim. Innaka hamidum majid. Allohumma borik ’alo Muhammadin va ’alo oli Muhammad, kama borakta ’alo Ibrohima va ’alo oli Ibrohim. Innaka hamidum majid". Yaqinda "Men ham namoz o‘qiyman" degan kitobda "’alo" o‘rniga "’ala", "oli" o‘rniga "ali", "borakta" "barokta" kabi o‘zgarishlarni ko‘rdim. Men sajdada ham "Allohumma solli ’alo" deb aytar edim. Bundan keyin biroz Tajvid qoidalarini o‘rgandim. "Eng go‘zal salavotlar" degan kitobda ham ko‘p o‘rinda "o" yozilgan. Boshqa kitoblarda esa, boshqacharoq. "Tashahhud"ni ham men "Attahiyyotu lillohi vas-salavotu vattoyyibot..." - deb o‘qir edim. Meni bermoqchi bo‘lgan savolim shundan iboratki, meni shu paytgacha o‘qigan namozlarim va aytgan salovatlarim xatomi? Ko‘nglimga g‘ulg‘ula tushib qoladi. Qaysi biri to‘g‘ri, hozirda yangi kitoblar bo‘yicha o‘qiyapman. Maslahatingiz uchun oldindan rahmat! Sog‘-salomat bo‘linglar!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Xato emas. Endi to‘g‘rilab oling. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 19:20 | Savol-javoblar | 209 | Namoz
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Xato emas. Endi to‘g‘rilab oling. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 19:20 | Savol-javoblar | 209 | Namoz