"Pir" deb aytish

Assalamu alaykum! Savol-javoblar arxividan Hazratimizning pir haqida berilgan savolga "pir ustoz degani" degan javoblarini o‘qidim. Shayximizdan ko‘p narsani o‘rgandik, o‘zlaridan so‘radik, kitoblari orqali bildik, zikrlarni tartibga tushirdik va hokazo. Biz Hazratni “pirimiz” desak bo‘ladimi?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! “Pir” so‘zi ustozimiz aytganlaridek “Ustoz”, “Murshid” va “Tarbiyachi” ma’nolarini bildiradi. Lekin hozirgi kunimizga kelib bu so‘z, faqat boshiga mushkul tushganida madad so‘raydigan siymoga aylanib qolgan. Shuning uchun “Pir” so‘zini ishlatmasdan “Ustozimiz” deyish bilan kifoyalangan afzal. Vallohu a’lam.

29 Aprel 2022, 09:35 | Savol-javoblar | 151 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar