Ikki kitob haqida

Assalomu alaykum! G‘iyosiddin Habibullohning "Solihlar gulshani" va Ahmad Muhammad Tursunning "Ko‘hna dunyo rivoyatlari" kitoblaridagi juda ko‘p rivoyatlarda va qissalarda sahobalar, salafi solihlar va mujtahid ulamolar haqida aytilgan. Bularning aksarini o‘qiganmiz va ta’sirlanganmiz. Hayotimizga ham ma’lum ma’noda tatbiq qilishga harakat qilamiz. Bu hamma rivoyatlar ham sahihmi? Bu rivoyat va qissalarni birovlarga bemalol aytaversak bo‘ladimi? Chunki bir birodarimiz hamma rivoyatlar ham sahih bo‘lmasligi mumkin degandi. Shunday bo‘lsa, ularni aytib yurishimiz ham joiz bo‘lmaydi. Yuqoridagi ikkita kitob haqida aniq ma’lumot kerak edi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Biz ularni to‘liq o‘qib chiqqan emasmiz. Qissalardan ibrat olinaveradi. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 13:08 | Savol-javoblar | 153 | Kitoblar
|
Boshqa savol-javoblar