3 taloq xaqida
Assalomu alaykum! Xotinimni ketsang 3 taloq qo‘yaman deb qo‘rqitardim. Oilada janjal bo‘ldi u uyiga ketib qoldi. Unga bu xaqida ko‘p aytganman, lekin o‘ziga aytib bu so‘zni qo‘yib yubormaganman. Uyimdagilarni ozgina ranjitib qo‘ygandi ularga xam “3 taloq qo‘ydim xotinimni, xotirjam bo‘lilar” deb aytib yubordim. Lekin o‘ziga man biron marta aytmaganman. Bu so‘zni ma’nosini keyin to‘liq tushundim etdim. Xotinim bilan birga yashasam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar o‘tgan zamon siyg‘asida aytgan bo‘lsangiz uch taloq tushgan bo‘ladi. “3 taloq qo‘ydim xotinimni, xotirjam bo‘lilar” deganizda sizda shunday ham bo‘libdi. Bu kabi masalalarni jonli majlisda, ikki tomon va guvohlar huzurida ko‘rish kerak. Sizlar o‘zingizga yaqin joydagi biror ahli ilmga uchrab maslahat qilinglar. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 00:12 | Savol-javoblar | 171 | Oila va turmush