Hajdan qaytgach osh berish

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Bir do‘stimning otasi bu yil Haj safariga ketdi. Do‘stimning qarindoshlari unga otasi qaytgach qo‘ni-qo‘shnilar, qarindosh-urug‘ va Insha Alloh hoji bo‘lib qaytajak otasini ziyorat qilish uchun keladigan ko‘plab bilgan va bilmagan odamlari uchun dasturxon tuzab, osh berish kerak, debdi. Bundan tashqari, keladigan mehmonlar uchun turli xil sovg‘alar (arzimagan bo‘lsa-da, tasbeh, do‘ppi, yaktak, ro‘mol va hoqazo) tarqatasizlar, deyishibdi. Bunday qilmasa, odamlar oldida uyatli bo‘larmish. Shuning uchun do‘stim hozir bozorlik qilib, beriladigan sovg‘alarni ham shu erdan, ya’ni O‘zbekistondan sotib olmoqchi (aytishicha, hamma shunaqa qilarmish). Men unga “juda bo‘lmasa, ko‘ngildan chiqarib, kichikroq bir ehson qilinsa, yaxshi bo‘lardi”, dedim. Savolim: Hojilarimiz qaytgach, ularning farzandlari yuqoridagi kabi tadbirlarni amalga oshirishsa durustmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Shariatda bunda ko‘rsatmalar yo‘q.

26 May 2022, 18:35 | Savol-javoblar | 161 | Haj va umra
|
Boshqa savol-javoblar