Kino va aktyorlik

Assalomu alaykum! Bir birodarimiz aktyorlik kasbini ikkiyuzlamachilik deb atadi. Sababi u inson ekranda boshqa, hayotda boshqa inson bo‘ladi, bu esa munofiqlik deb atadi? Shu to‘g‘rimi? Axir hamma biladiku u rol ijro etayotganini. Shunda ham ikkiyuzlamachilik bo‘ladimi? Men kelajakda hadislar bilan yo‘g‘rilgan, islomning go‘zalligini ko‘rsatadigan va insonlar uchun ma’naviy ozuqa bo‘la oladigan kinolar olish niyatida edim. Bu gapdan so‘ng o‘ylanib qoldim. Balki bunday kino bilan Allohning rozligiga erisha olmasman degan qo‘rquv paydo bo‘ldi. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘ylanmang. Yaxshilikni tarqatishga xizmat qilsangiz bo‘ldi. Shariat nimalarni man qilganligini bilsangiz kerak. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 00:23 | Savol-javoblar | 165 | Mediya
|
Boshqa savol-javoblar