Moskva shahridagi asr vaqti

Assalomu alaykum! Bir inson Moskvada yashaydi u erda ikki xil Asr namoz vaqti bor ekan. Birinchisi masalan bugunni olsak asr vaqti 14-11da, bu shofeiy mazxabi bo‘yicha, hanafiy mazxab bo‘yicha 14-45da. Bir odam masjidga kirsa xamma shofeiy vaqti bo‘yicha namoz o‘qishibdi. U odam xayron bo‘lib qolibdi, jamoatdan qolmay deb xamma bilan namozni tugatibdi, u odam to‘g‘ri ish qilganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Peshinni asrning avvalgi vaqti ko‘rsatilgan vaqtgacha o‘qib olsin. Asrni qachon bo‘lsa ham shomgacha o‘qiyveradi. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 00:23 | Savol-javoblar | 162 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar