Do‘stim bo‘lib to‘lashga narsa olmoqchi

Assalomu alaykum! Mening do‘stim chet elda o‘qiydi, u gadjet olmoqchi ekanu sotib olish holati harommi halolligini bilmayapti. Savol: gadjetni 1 yilda pulini to‘lasa masalan 1000$ ekan, 1.5 yilda to‘lasa 1200$ ekan. Agar 2 yilda to‘lasa 1400$ ekan. Gadjet uni qo‘liga tushishdan oldin 20$ atrofida berarkan. Keyin qolganini bo‘lib to‘laydi. Bu halolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Vaqtida to‘lamasang faloncha ustama to‘laysan degan sharti bo‘lsa bu bay’ni buzadi. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 00:34 | Savol-javoblar | 154 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar