Yana ijara to‘g‘risida

Assalomu alaykum xurmatli Shayx xazratlari!Alloh ilmingizni ziyoda va Islomga xizmatingizni bardavom etsin!Fiqh.uz saytidagi egalik bilan yakunlanuvchi ijara haqidagi ma’lumotlarni o‘qib chiqdim. Ushbu matnda bitimning joiz suratlaridan biri quyidagicha ekan: "Ijarachi ma’lum muddat belgilangan ijara haqqi evaziga ijaraga olgan narsadan foydalanishi mumkin. Alohida bitim bilan ijaraga beruvchi ijarachiga belgilangan ijara haqqi to‘langandan keyin ijaraga berilgan narsani kelishilgan narxga sotish va’dasini berishi"Zakovatim etgani qadar ushbu maqolada yozilganlarni tushundim. Unga ko‘ra yuqorida keltirilgan joiz suratdagi egalik bilan yakunlanuvchi ijarada ikkita bitim tuzilar ekan. Birinchisi ijara shartnomasi bo‘lib, unda men avtomashinani mushtariyga ma’lum muddatga ma’lum ijara to‘lovi evaziga beraman. Ikkinchi bitimda esa ijara vaqti tugab, ijarachi ijara to‘lovlarini to‘liq to‘lagandan keyin avtomashinani bironta narxga sotishga kelishamiz.Shu o‘rinda menda bitta savol tug‘ildi. Ijaraning fiqhiy shartlariga ko‘ra ijaraga olingan narsaning asoslarini tashkil qiladigan bo‘laklari ishdan chiqib qolishidagi harajatlarni ijaraga beruvchi qoplashi kerak. Ushbu xarajatlarning qancha bo‘lishi aniq emas. Ushbu xarajatlar juda ham ko‘p bo‘lib ketsa ijaraga beruvchi foyda o‘rniga zararga ham kirishi mumkin. Shu sababli,yuqorida zikr etilgan ikkinchi shartnomada ijara muddati tugagandan keyin avtomashinani aniq bironta summaga sotishga kelishmasdan, ijaraga beruvchi avtomashinani ijara muddati davrida avtomashinaning asoslarini tashkil qiladigan bo‘laklari ishdan chiqib qolishidagi xarajatlarning jami qancha bo‘lsa, shunchaga sotadi deb kelishsa bo‘ladimi? Shunda, ijara muddati davomida ijaraga beruvchi avtomashinaning asoslarini tashkil qiladigan bo‘laklari ishdan chiqib qolishidagi xarajatlarni qoplab boradi va ijara muddati tugagandan keyin ushbu xarajatlarning jami qancha bo‘lsa shu narxga avtomashinani ijaraga oluvchiga sotib yuboradi. Bular albatta ijara bitimidan alohida ikkinchi bitimda aks ettiriladiAlloh jannatda Sizga Jamolini nasiyb etsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Shuning uchun nasiyaga sotish yaxshiroq bo‘ladi.

6 May 2022, 00:45 | Savol-javoblar | 140 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar