6449-savol haqida

Assalomu alaykum! 6449-savolda "xaromi, xaromisan" deyilsa taloq tushar ekan. Menga xam xo‘jayinim ko‘p marotaba shu so‘zlarni aytib uydan men va farzandimni "ket bolangam o‘zing xam yo‘qol" deb xaydaganlar. Ajrim sudi xam, maxallada yarashtiruv komissiyasi xam bo‘ldi. Xo‘jayinim xammani oldida "ajrasham, yashamayman" deb aytdilar. Xozir bir yildan beri birga yashamaymiz. Men va farzandimdan xabar xam olmaydilar va taminlamaydilar. Bunday xolatimda taloq tushganmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! “Sen menga haromsan” degan so‘z bilan taloq tushadi. “Haromi, haromdan bo‘lgan” degan so‘zlar bilan taloq tushmaydi. Qolganini biror ahli ilm huzuriga borib hal qilib oling. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 01:58 | Savol-javoblar | 152 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar