Ilm va amal haqida

الحمد لله رب العلمين والصلاة والسلام على محمد وعلى آله وأصحبه أجمعينAssalamu alaykum va roxmatullohi va barokatuh, muhtaram uztoz.Ijozatingiz bilan savolimni yo‘llasam:Aziz ustoz, ma’lumki, dunyo uchun ilm o‘rganmoq yaxshilikka olib bormaydi. Bir kishi baholi qudrat diynini ta’lim olsa va ta’lim bersa va bunda faqat Allohning roziligini niyat qilsa, hech qanday dunyo matohini ko‘zlamasa, niyat qilmasa, shu bilan birga, dasturlash va shunga bog‘liq bo‘lgan yuqori texnologiyalar ilmini o‘rgansa va o‘rgatsa, shu sababdan o‘zining, yaqinlarining kamu-ko‘sti uchun pul ishlasa, har ikkala yo‘ldagi ilm ham Allohning yo‘lida o‘rganilgan ilm bo‘ladimi? Yoki ikkinchi holatda dunyo uchun ilm o‘rgangan bo‘ladimi? Agar bunda xatolik bo‘lsa, buni tuzatish uchun nima qilish kerak?Muhtaram ustoz, "Vasatiya - hayot yo‘li", "Tasavvuf haqida tasavvur" nomli kitoblaringizni o‘qib foydalar oldik, olmoqdamiz, sizni bu kitoblarni yozishga muvaffaq qilgan Alloh subhanahu va ta’ologa hamdu sanolar bo‘lsin. Sizga tashakkur, uztoz. Haqqingizda duodamiz, Robbimizning O‘zi sizdan va bizdan rozi bo‘lsin, amiyn.Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Shariat asosida yashasa va ishlatsa Alloh taoloning savobini oladi.

6 May 2022, 00:34 | Savol-javoblar | 166 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar