Ro‘zadorga kukunli dori
Assalomu alaykum! Astma kasali borlar salbutamol degan dorini sepib turishadi. U dorining ichi, ya’ni bosim ostidagi balonchani ichida dori kukun sifatida bo‘ladi. Undan foydalanilganda, ya’ni sepilganda kukun chang sifatida og‘iz bo‘shlig‘idan o‘tib o‘pka yo‘liga boradi. Shunda ro‘za ochiladimi? Bu savolga javob qidirib ko‘rdim, lekin u erda salbutamol suyuqlik deyilgan va suyuqlik tomoqqa borib ro‘za ochiladi deyilgan. Bu dori suyuqlik emas, u kukundan iborat va chang holida o‘pka yo‘liga boradi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ochiladi. Atir kabi hidlasa bo‘ladigan dorilardan foydalansa ro‘za ochilmaydi. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 00:55 | Savol-javoblar | 155 | Ro‘za
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ochiladi. Atir kabi hidlasa bo‘ladigan dorilardan foydalansa ro‘za ochilmaydi. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 00:55 | Savol-javoblar | 155 | Ro‘za