Masjid uzoqligi

Assalomu alaykum! Bizning uyimizdan masjid sal uzoqroq joylashgan. Shuning uchun namozlarni uyda o‘qiyman. Masjid qancha masofada uzoq bo‘lsa jamoatga bormaslik mumkin? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu kishining holiga ham bog‘liq. 1 kilometrgacha bo‘lsa chiqmaslikka uzr yo‘q. Chunki shuncha masofaga azon eshtiladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 16:31 | Savol-javoblar | 129 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar