Umumiy ibodathona hususida

Muhtaram shayx Muhammad Sodiq janoblari,Kundalik ibodatlarim davomida duch kelayotgan 3 masala yuzasidan savol so‘ramoqchiman:1) Men tahsil olayotgan universitetda(AQShda) universitet ma‘muriyati talabalarni kundalik diniy ibodatlari uchun mahsus honalar ajratgan va musulmon, nasroniy va yahudiylar uchun umumiy bir hona ajratilgan. Men peshin, asr va shom namozlarimni universitetda, shu honada oqiyman. Honaning holati: nasroniy va yahudiylarning turli ibodat jihozlari( asosan yahudiylarniki-korpachalari, kichik kursichalari) bor. Devorlarda rasm yoki naqshlar yoq. Nasroniy diniga tegishli rasmlar, hoch kabi narsalar umuman yoq. (Va ba‘zan (shom namozi paytida), biror yahudiy bilan bir paytda ibodat qilishga to‘g‘ri kelib qoladi.)Ushbu honada kundalik ibodatlarimni davom ettirsam mumkinmi?2) Ushbu honada Tavrot, Injil va Qur‘oni Karim turadigan kitob javon bor. Odatda bu erda ishlaydiganlar bu kitoblarni birgalikda yonmayon terib qo‘yishadi. Men Qur‘oni Karimga bo‘lgan hurmatim yuzasidan har safar uni yuqoriroqqa, alohida joyga olib qoyib qoyaman. Qur‘oni Karimni Tavrot, Injillar bilan birga yonmayon turishligi mumkinmi ?3)Shahar Islomiy markatizdan har juma kuni Abdul Rashid janoblari(amerikalik, islomni qabul qilishgan) universitetga kelib juma namoziga imomlik qilib berishadi. Ma‘muriyat tomonidan Juma namozini o‘qish uchun alohida bir katta hona ajratilgan. 30-40 kishi atrofida jamoat yig‘iladi( 10lar atrofida muslima talabalar orqada, alohida turishadi). Meni o‘ylantirgan holat: Ajratilgan hona yoki bino rasman masjid deb belgilanmagan. Bu honada boshqa turli tadbirlar ham otkaziladi va faqat juma namozi vaqtida namoz uchun belgilab qoyilgan. Ushbu holat(hona) juma namozi o‘qilishi mumkin bolgan joy shartlariga to‘gri keladimi?Javobingiz uchun oldindan rahmat.Alloh taolodan sizga va ahlingizga tinchlik, hotirjamlik va panoh tilab,Adhamjon
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Mumkin.2. Sizning qilganingiz to‘g‘ri.3. Sizlar uchun bo‘laveradi.

6 May 2022, 01:17 | Savol-javoblar | 148 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar