Qur’onda nega qavslar bilan yozilgan?

Assalomu alaykum! Iltimos savolimga javob yozing. Masalan: Baqara surasining 2-3-oyatlarida (Haq ekanligiga) hech qanday shak shubha bo‘lmagan ushbu Kitob... taqvoli kishilar uchun yo‘lbishchidir deyilgan, yana Ixlos surasi 1-2-3-oyatlarida (Ey Muhammad), ayting 《U-Alloh yagonadir》. Alloh behojat (ammo) hojatbarordir deyilgan. Menimcha hamma suralarda qavs ichida so‘zlar bor. Savolim bu suralarda qavslar ichidagi so‘zlar ham Allohning kalomimi yoki odamlar yaxshiroq tushunishlari uchun Payg‘ambarimiz (s.a.v) qo‘shganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Oyatning tarjimasida yo‘q, lekin ma’nosida bor gaplarni o‘quvchi tushunishi uchun qavsga olib qo‘yiladi. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 10:29 | Savol-javoblar | 205 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar