Onam namozidagi xatolar

Assalomu alaykum! Onam namoz o‘qiydilar. Man bir kun onamning namozlarida xato joylari borligini bildim. Endi man onajonimga "namozingizni shu joylarida xato bor ekan" deb aytsam to‘g‘ri bo‘ladimi? Odobsizlik bo‘lib, onamga aql o‘rgatayotgan bo‘lib qolmaymanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Aytmang, balki o‘sha xatosini ko‘rsatgan kitobni olib kelib onangizdan shu erini tushunmadim deb so‘rang. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 20:21 | Savol-javoblar | 147 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar