Jamoat namozlarida katnashish
xurmatli ustoz. Savolim kuyidagicha:Mazxabimizda namozlarni masjidda jamoat bilan birga ukish- sunnati-muakkada deyilgan. Agar ota-ona "Bolam, masjid yuli uzok" yoki "Bolam, sen tunni masjidga borib kelguningcha biz xavotirda-miz, bomdod bilan xufton namozini uyda ukigin" deyishsa, ularga itoat kilamiz-mi? Ustoz, men 5 vakt namozlarni masjidga borib ukimokchi-man, ammo ba’zida ota-onam karshilik kursatishiyapti, raxmlari kelgani uchun. Biz itoat kilmasak, gunoxkor bulmaymiz-mi? Ba’zi birodarlar :" Yuk, itoat kilmaysiz, chunki Allox Ta’olo Bakara surasida : Yasta’iyzu billyax " Va ruku’ kiluvchilar bilan ruku’ kilinglar" degan, bu jamoat namozlarida katnashish farzligiga dalil deyishyapti. Allox Ta’olo Uning yulida kilgan ezgu ishlaringiz uchun katta ajru-savoblarga muyassar aylasin. Amin!!!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Jamoat namozi hanafiy mazhabida sunnati muakkada ekanini bilar ekansiz, o‘shanisi to‘g‘ri. Ota-onaga asta tushuntirish kerak. Otani ham jamoat namoziga taklif qilish kerak.
2 May 2022, 08:50 | Savol-javoblar | 165 | Namoz