Qur’onni krill harflarida o‘qish
Assalomu alaykum! Yaqin tanishim menga har kuni Voqea surasini o‘qish kerakligini aytib qoldi. Men bu haqida oldindan bilardim. Do‘stim har kuni Voqea surasining krill harflarida o‘qiyotganini aytdi. Men arab tilidan bir oz xabarim bo‘lganligi bois, “krill harflari arabcha talaffuzni ko‘rsatib bera olmaydi, arab tilida S,Z,D va T harflarining 3 xil ko‘rinishi bor, sen bularni krillchada qanday farqlaysan” dedim. Arab tilini o‘rgangunimga qadar krillda o‘qiyman, noto‘g‘ri o‘qisam, Allohning o‘zi kechirsin, deb javob berdi. Arab tilini bilmagan odam Qur’on o‘qigisi kelsa nima qilishi kerak? Krill yoki lotin harflarida o‘qish mumkunmi? Men arab tilini bilgunga qadar Qur’on tinglash o‘qish o‘rniga o‘tadi deb eshitgan edim. Haqiqatda shundaymi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Biror mutaxassisdan to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri o‘qiyotganligini tekshirtirib olsin. Chunki arab alifbosida to‘rt hil “Z”, uch hil “S” va uch hil “H”lar bo‘lib, ularni kirillchada o‘rinbosari yo‘q. Ularning birini o‘rniga boshqasini talaffuz qilish ila ma’no qo‘pol tarzda buziladi va ko‘p o‘rinlarda namozni buzilishiga ham sabab bo‘ladi. Bizning yurtlarda ham avvaliga xalqning savodini nazarda tutib, «Tafsiri Hilol» kitobida ham Qur’on lafzlarini kirill xatida yozilgan edi. Keyinchalik bu to‘xtatildi. Chunki qadimdan ulamolarimiz Qur’on kalimalarini ajam alifbosida yozishni “Qur’onni tahrif qilishlik” deb fatvo berganlar. Ya’ni “Qur’on ma’nolarini buzish” deganlar. Arab harfini o‘rgangunigacha eshitib yodlasa yaxshi, lekin uni ham biror mutaxassisdan tekshirtirib olishi kerak. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 13:53 | Savol-javoblar | 159 | Qur’oni karim