Amma va jiyanni bir nikohda jamlash

Assalomu alaykum! Bir nikoxda xotini va xotinini akasini qizini ya’ni jiyanini saqlash mumkinmi? Iltimos shu savolga javobni telegramga joylashtiringlar. Erimga diniy tomondan tushuntiringlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Amma bilan jiyanni bir nikohda jamlash harom amal. AYoL AMMASINING USTIGA NIKOHLAB OLINMAYDI  سَمِعَ جَابِرًا رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: نَهَى رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أَنْ تُنْكَحَ الْمَرْأَةُ عَلَى عَمَّتِهَا أَوْ خَالَتِهَا. وَقَالَ دَاوُدُ وَابْنُ عَوْنٍ: عَنِ الشَّعْبِيِّ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ  Jobir roziyallohu anhu aytadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir ayolni uning ammasi yoki xolasining ustiga nikohlab olishdan qaytardilar». عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ: أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «لَا يُجْمَعُ بَيْنَ الْمَرْأَةِ وَعَمَّتِهَا، وَلَا بَيْنَ الْمَرْأَةِ وَخَالَتِهَا  Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bir ayol bilan uning ammasi jamlanmaydi, ayol bilan uning xolasi ham», dedilar».أَنَّهُ سَمِعَ أَبَا هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ يَقُولُ: نَهَى النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أَنْ تُنْكَحَ الْمَرْأَةُ عَلَى عَمَّتِهَا وَالْمَرْأَةُ وَخَالَتُهَا. فَنُرَى خَالَةَ أَبِيهَا بِتِلْكَ الْمَنْزِلَةِ  Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam bir ayolni uning ammasining ustiga yoki xolasining ustiga nikohlab olishdan qaytardilar. Otasining xolasini ham shu mavqeda ko‘ramiz».   حَدَّثَنِي عَنْ عَائِشَةَ رَضِي اللهُ عَنْها قَالَتْ: حَرِّمُوا مِنَ الرَّضَاعَةِ مَا يَحْرُمُ مِنَ النَّسَبِ Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Nasabdoshlik tufayli harom bilganingizdek, emikdoshlik tufayli ham harom bilinglar». 
(“Oltin silsila” kitobidan "Sahihul Buxoriy"). Vallohu a’lam!

6 May 2022, 01:50 | Savol-javoblar | 129 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar