Junub bo‘lish xaqida
Assalomu alaykum! Kechasi tushida aloqa qilish va buning oqibatida junub holatga tushib qolish gunohmi?
2). Junub holatida saxarda g‘usl qilish kerak, lekin uydagilar va ota-ona qanday o‘ylarkin degan bir hijolatchilik bo‘ladi. Shu holatdan qanday chiqsa bo‘ladi? Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Bu tabiy holat bo‘lib, bir jihatdan Allohning ulkan rahmati hamdir. Chunki u narsa chiqib ketishi kerak bo‘lgan narsalardan hisoblanadi. Alloh insonning badani tozalanib turishi uchun shu holatni joriy qilgan. Albatta uni o‘zi chiqarib turishga odatlanish gunoh. 2). Albatta g‘usl qilib namozingizni o‘qishingiz shart. Hayo deb nafs biror ayb deb hisoblagan narsadan tiyilishidir. Hayo to‘rt qismga bo‘linadi. Shar’iy, tab’iy, aqliy va urfiy. A). Shar’iy hayo deb inson shariatga xilof amal qilishdan to‘suvchi narsadir. Inson shariatga xilof amal qilganida qalbda bir siqilish, noxushlikni xis qilishdir. Bu narsaning bo‘lishi kerak va shariat buni talab qiladi. B). Tab’iy hayo. Inson o‘z tabiatiga xilof bo‘lgan ishni qilganida siqilish va noxushlikni xis qilishi. Kelgusida o‘sha ishni qilishdan tiyuvchi xis. Bunday hayoning maqtalgan yoki mazammat qilingan bo‘lishi tabiat taqozosi qilgan narsasi nimaga tegishliliga bog‘liq. Agar shariatga zid bo‘lgan ishdani qilishdan hayo qilsa bunday hayo maqtalgandir. Unday insonning tabiati pokizaligiga dalolatdir. Bu suratda tab’iy hayo bilan shar’iy hayo bir bo‘ladi. Ba’zi vaqtlarda insonning tabiati shariat buyurgan ishni qilishdan ham uyaladi. Masalan namoz o‘qishga odat qilmagan kishi ko‘pchilik orasida namoz o‘qishdan ham uyaladi. Farz-vojibga tegishli masalalarni so‘rashi shart holatda so‘ramaydi. Namoz vaqti kirib qolgan bo‘lsada g‘usl qilishdan uyaladi. Bunday hayo mazammat qilingandir. Bu shaytoniy hayodir. Alloh taolo buyurib turgan bo‘lsayu, Allohni qo‘yib boshqaning rioyasini qilish bu shar’iy hayo emas. Aksincha malomatga loyiq hayodir. Buni hayo deb ham bo‘lmaydi. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir kun namozga o‘tmoqchi bo‘ldilar. So‘ng to‘xtab ichkariga kirib ketdilar va g‘usl qilib chiqdilar. Sochlaridan g‘usl suvi tomib turar edi. Sahobalarning barchasi u zot g‘usl qilib chiqqanlarini bildilar. Agar shu holatda hayo qilish kerak bo‘lganida Payg‘ambar alayhissalom hayo qilgan bo‘lar edilar. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam chimildiqdagi kelinchakdan ham hayoliroq edilar.عَنْ أُمِّ هَانِئٍ بِنْتِ أَبِي طَالِبٍ، تَقُولُ: ذَهَبْتُ إِلَى رَسُولِ اللهِ صلى الله عليه وسلم عَامَ الْفَتْحِ، فَوَجَدْتُهُ يَغْتَسِلُ، وَفَاطِمَةُ ابْنَتُهُ تَسْتُرُهُ بِثَوْبٍUmmu Honi’ bint Abu Tolib roziyallohu anho aytadi:«Fath yili Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga bordim. U zot g‘usl qilayotgan ekanlar. Qizlari Fotima bir mato bilan u zotni to‘sib turar edi».Muslim rivoyat qilgan. Demak hayz-nifosdan tugagan ayollar, g‘usl vojib bo‘lgan erkaklar oila a’zolari g‘usl qilishini bilishlari behayolik emas. Buni behayolik deb bilish unday insonning tabiati aynib qolgannining alomatidir. Xuddi o‘zi ishton kiymasdan, boshiga ro‘mol o‘ramasdan hayodan dars beruvchi xotinlarga o‘xshab. G). Aqliy hayo. Salomat aql egasi hamisha tutgan yo‘li, qiladigan ishi shariatga muvofiq bo‘ladi. Salomat aql egasining qilgan hayosi shar’iy hayo hisoblanadi. Agar aql shariat ta’limotlari bilan sug‘orilgan bo‘lmasa, aql nazdida Alloh va Uning rasulining roziligi birinchi o‘ringa qo‘yilgan bo‘lmasa, u hayo aqliy hayo emas, tab’iy yoki urfiy hayo bo‘ladi. Chunki ba’zi vaqtlarda inson tabiati aqli va shariatdan g‘olib keladi. Shariat va salomat aql taqozo qilgan ishlardan nafratlanib ham qoladi. Bunday vaqtda uni qilgan hayosi e’tiborga olinmaydi. Ko‘rmaysizmi dunyoni eng aqlli kishilari deb sanalganlar aqli o‘tkirligidan katta-katta kompaniyalarning egalari bo‘lgan kishilar geylikni da’vo qilib u bilan faxrlanishmoqda. Bunday holatda ularning qilgan hayolarining e’tibori bo‘lmaydi. D). Urfiy hayo. Kishilar urfida ba’zi bir ishlar borki, uni bajarish uyat hisoblanadi. Ba’zilari borki ularni qilmaslik uyat hisoblanadi. Bunda ham shariat tarozisiga solish kerak. Urf isrofgarchilikni yaxshi deb bilsayu, shariatga zid bo‘lsa unday urfni tark qilishdan hayo qilmaslik kerak. Odamlar shariatga zid bo‘lgan xotinlar avratini ochib yurishlarini, tor kiyishlarini, bo‘yoqlarga choplanishlarini va yana qanchalar bemaza ishlarni urf deb bilsalar, uni tark qilishdan uyalsalar, tark qilishdan hayo qilsalar bunday hayoga e’tibor bermaslik kerak. Chunki bu holatda urf ham aynib qolganligining alomati bo‘ladi. Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 03:37 | Savol-javoblar | 176 | Dolzarb savollar