Benamozlik

Assalomu alaykum! Ibn Qoyyum al Javziya rohimahullohni namoz va benamozning hukmi degan kitobi haqida nima deysiz? Siz aytibsizki benamozning so‘ygan hayvoinini go‘shti halol deb.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Benamozning so‘ygan jonlig‘i halol. Ibn Qoyyum al-Javziya rahmatullohi alayh hanbaliy mazhabidadir. Ahmad ibn Hanbal rahmatullohi alayh namoz o‘qimaganni kofir deydilar. Abu Hanifa rahmatullohi alayh “Benamoz namozni farzligini inkor qilmasa gunohi kabira qilgan bo‘ladi, ammo dindan chiqdi deb aytmaymiz” deganlar. Vallohu a’lam!

21 Aprel 2022, 12:24 | Savol-javoblar | 202 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar