Oilaga qilingan sadaqa o‘rniga o‘tadimi?
Assalomu alaykum! Mening yoshim 22 da. Hozirgi kunda talabaman. Ko‘p joylarda o‘qidim. Eng yaxshi sadaqa bu farzandlariga qilingan sadaqa ekanligini. Onam vafot etganliklari sababli dadam boshqa oila qurganlar va shu sababli menga va ikki singlimga moddiy tarafdan yordam bermaydilar. Shu sababli o‘qishdan bo‘sh vaqtlarimda ishlayman va singillarimni moddiy tarafdan ta’minlashga harakat qilaman. Bu ham siylai rahm yoki farzandlariga qilingan sadaqa o‘rniga o‘tadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Eng afzali bo‘lib o‘tadi. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 02:01 | Savol-javoblar | 151 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Eng afzali bo‘lib o‘tadi. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 02:01 | Savol-javoblar | 151 | Turli savollar