Baraka kirishi
Assalomu alaykum! Erta turishda baraka borligini bilamiz, lekin yoshi kattalarimiz ertalab turganda birinchi navbatda qulflangan darvozani ochishga odatlanishgan, nimaga unday qilasizlar deb so‘rasak ertalab eshikni ochsa farishtalar va rizq kiradi deyishadi. Bu qanchalik to‘g‘ri? Ya’ni darvoza qulf bo‘lsa farishtalar va rizq kirmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha e’tiqodlari noto‘g‘ri. Chunki eshik ochish o‘zi emas, keluvchi muhtojga sadaqa berish, ochib masjidga borib, jamoatga qatnashish barakaga sabab bo‘ladi. Masjidga bormay eshik ochib qo‘yishda hech qanday xosiyat yo‘q. Aksincha baraka kirsin deb sahar eshikni ochib, qaytib kirib uxlaganida o‘g‘ri kirib narsalarini o‘g‘irlab chiqib ketgan holatlar bo‘lgan. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 02:01 | Savol-javoblar | 160 | Turli savollar