Ayollar yoki qiz bolani mushk-anbar ishlatishi

Assalomu alaykum! Ayollar yoki qizlarni ko‘chaga atir sepib yoki pardoz qilib chiqishi harom ekanligini bilamiz. Mushk-anbar ham shundaymi bilishimcha u ham xushbo‘ylik taratadi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Mushk anbar ham o‘shandan. Jamoat joylarida ayollarning xushbo‘yligi hidsiz bo‘lishi kerak. عَنْ أَبِي مُوسَى رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: إِذَا اسْتَعْطَرَتِ الْمَرْأَةُ فَمَرَّتْ عَلَى الْقَوْمِ لِيَجِدُوا رِيحَهَا فَهِيَ كَذَا وَكَذَا، قَالَ قَوْلًا شَدِيدًا. رَوَاهُ أَصْحَابُ السُّنَنِ  Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Qachon ayol kishi atir sepib, uning hidini bildirish uchun bir qavmning oldidan o‘tsa, u bundoq-bundoqdir», deb qattiq gap aytdilar».
«Sunan» egalari rivoyat qilgan.
Sharh: Boshqa bir rivoyatda «o‘sha ayol zoniyadir», deyilgan. Chunki xushbo‘y narsa ila begona erkaklarning e’tiborini qasddan jalb qiladigan, ko‘ngillarining sust ketishiga sabab bo‘ladigan ayol yaxshi ayol bo‘lmaydi. Bu narsaga ayol-qizlarimiz alohida e’tibor bermoqlari lozim.
Islomda ayol kishining o‘tkir hidli xushbo‘y narsalarni o‘ziga surtib olib, begona erkaklarning shahvatini qo‘zitishlari o‘ta madaniyatsizlik hisoblanadi. Madaniyatli muslima bunday vaziyatda hidi kuchsiz xushbo‘ylarini ishlatadi. Bu haqda ham yuqorida bahs yuritganmiz. (“Hadis va Hayot” kitobidan).  Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:41 | Savol-javoblar | 257 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar