Avvalgi va keyingi nikoh
Assalomu alaykum! Menga yordamingiz kerak xayotim chalkashib ketdi men erim bilan yasholmay ajralishga kelishdik. U kishi senga javob dedilar. Men esa 1 xafta o‘tib men o‘zimni xulu qildim, maxrimdan kechdim dedim va (bir kitobda o‘qigandim xulu qilgan ayolni iddasi 1 xayz deb) bir xayz o‘tgandan keyin boshqa inson bilan nikoxlandim. Shu keyingi nikohim xaqiqiy nikoxmi? Avvalgi erim shu 1 xayz o‘tmasidan oldin javob deganlaridan keyin bir ish bilan ko‘rishganimizda men xoxlamasam xam quchoqlab o‘pib qo‘ydilar. Endi shuning uchun men seni quchoqlab o‘pganman sen xali xam meni nikoximdasan deyaptilar. Nima qilishni bilmayapman iltimos yordam bering. Xozir meni qaysi nikoxim xaqiqiy?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Xulu’ bilan nikoh buziladi, agar er rozi bo‘lgan bo‘lsa. Uni ham iddasi uch hayzdan poklanishdan keyin bo‘ladi. Sizlarni keyingi nikohingiz bog‘lanmagan. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 02:34 | Savol-javoblar | 140 | Turli savollar