Rasrochka
Assalomu alaykum! Men bo‘lib to‘lash yani rasrochkaga mebel, telfon chiqaraman. Bilmoqchi bo‘lgan joyim rasrochkada bir mahsulotni o‘zimniki qilib olib keyin mijozga berishim to‘g‘ri bo‘ladi, lekin gohida zakaz ko‘payib ketgani bois telfon sotadigan tanishlarimdan 3-4 kunga yarim pulini berib gohida bermasdan opketaman va mijozlarimga etkazib beraman va 7 hafta ichida telfonni pulini yopaman. Shunday qiladigan ishim to‘g‘rimi? Mebel rasrochkaga chiqarsam ham shunday qilaman. 2). Shu ish bilan 2 yildan beri shug‘ullanaman. Allah qodir qilib molim nisobga etdi. Ramazonda zakotga qodir qildi. Bo‘ynimda azgina qarzim bor, manga zakot berish farz bo‘ladimi yoki qarzimdan qutilib bo‘lganimdan so‘ngmi? Mol nisobga etishi uchun pul 1 yil aylanishi kerak, lekin men har oy oyligimdan 400$ 500$ tijoratimga pul tikaman ramazon yaqin inshaAllah tijoratimdan qanchasidan zakotni berishim kerak bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Siz ham nasiyaga olib nasiyaga sotishingiz mumkin. 2). Pul aylanishi shart emas. bir yil oldin nisobga etadigan bo‘lib o‘rtada kamayib yoki ko‘payib yana qo‘lingizda nisobga etadigan pul bo‘lsa zakot vojib bo‘ladi. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 02:56 | Savol-javoblar | 166 | Halol va harom