Taxoratda burunga suv olish

Assalomu alaykum! Tahorat olganimda burnimga suv tortolmayman, hattoki oddiy qoqsamda burnim qonab ketadi. “Tahorat va Namoz” kitobida tahorat farzlari degan bo‘lim borakan, ammo farzlar ichida buringa suv tortilishi yo‘q, g‘uslda bor. Burnimga suv tortmay oddiy qoqsam tahoratim o‘tadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Qoqish shart emas. Hovuchingizga suvni olib burningizga suv tortsangiz bo‘ldi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:51 | Savol-javoblar | 146 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar