Navbatchilik vaqtida namoz

Assalomu alaykum! Men tez yordamda shifokorman. Namozlarimni ish vaqti o‘qimayman, uyga borib hammasin qazosini o‘qiyman. Sababi tahorat, namoz vaqti zarur chaqiruv tushib qolishi mumkin va menga o‘xshaganlar ko‘p. Shu ishim to‘g‘rimi? Tabobat ibodatga teng deb eshitganman. Yoki iloji boricha vaqtida o‘qishga xarakat qilishimiz kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Noto‘g‘ri. Har qanday kasb yoki tirikchilik ibodatlarga xalal bermasligi lozim. Faqat hayotiy zarurat bundan mustasno. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 03:29 | Savol-javoblar | 176 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar