Kvartirani g‘ayridinga arendaga berish

Assalomu alaykum! Kvartirani arendaga berib undan kelgan pul xalol deyishdi. Ishlashga kelgan odamlarga bersak va ular boshqa din vakili yoki bo‘lmasam Islom diniga etiqod qilmaydigan bo‘lsa va biz bilmasak ular gunox qilish yoki qilmasligini, shunday vaziyatlarda olgan pulimiz xalolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Halol. Chunki ular sizlardan yashashga ijaraga olishadi. Yashash mobaynida nima gunoh qilishsa o‘zlariga. Ammo ijaraga olish vaqtida gunoh ish uchun ijaraga olishni aytsa berishingiz joiz emas. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 14:58 | Savol-javoblar | 161 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar