Fotima onamizdan hadis

Assalomu alaykum! Rasululloh sollahu alayhi vassallamdan Fotima onamiz rivoyat qilgan bir hadisni bir insondan eshitib qoldim. Unda Fotima onamizga uyda ortiqcha oziq - ovqatlarni saqlamaslik ularni har kuni berib yuborishlik kerak ekanligi haqida gap ketgan edi. 2. Va yana bir hadisda roviysizni aytilmagandi: Rasulullohning uylarida oldingi kundan qandaydir taomni (adashmasam uzum edi) xizmatkorlari olib qo‘yganlari va uni emaganlari haqida edi va bunda kecha och qolgan insonlarning haqqi borligini aytgan ekanlar. Shunday hadislar bormi? Agar bo‘lsa ularni to‘liq shakli va mazmuni nimalarga dalolat qilishligi haqida aytib o‘tsangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ahli oilasiga nafaqa qilish, muhtojlarga yordam berish va boshqa xayrli ishlar uchun mol jamg‘arib qo‘yish joiz. Bu tavakkulga zid emas. عَنْ عُمَرَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ : أَنَّ النَّبِيَّ صَلَى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ  كَانَ يَبِيعُ نَخْلَ بَنِي النَّضِيرِ، وَيَحْبِسُ لِأَهْلِهِ قُوتَ سَنَتِهِمْ Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam Banu Nazirning xurmosini sotar va o‘z ahllariga bir yillik oziq ovqatni g‘amlab qo‘yar edilar».عن أنس قال: كان النبيُّ صلى الله علي وسلم لَا يَدَّخِر شَيْئًا لِغَدٍ. رواه الترمذي  Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam biror narsani ertangi kun uchun jamg‘arib qo‘ymas edi”. 
Imom Termiziy rivoyati.
Ushbu hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ertangi kun uchun biror narsa jamg‘armaganliklari rivoyat qilinmoqdi. Bundan murod esa o‘zlari uchun jamg‘armaganlaridir. Shu va shu ma’nodagi boshqa barcha hadislar yuqoridagi ma’nodadir. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 04:13 | Savol-javoblar | 174 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar