Ro‘za tuta olmaslik

Assalomu alaykum! 17 yil oldin yo‘g‘on ichakda yazva kasalligini orttirib oldim. Keyin ro‘za tutib ko‘rmoqchi bo‘ldim, lekin tuta olmadim. Qish oylarida ro‘za tuta olaman deb o‘ylayman. Shu ro‘zamni yilning boshqa oylarida tutmasdan qish oylarida tutib bersam bo‘ladimi yoki pulini to‘lashim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Imkon bo‘lsa ramazon oyida oralatib bo‘lsa ham tuting. Buni ham imkoni bo‘lmasa, qish oylarida qazosini tutib berishingiz farz. Sizga fidya berish joiz emas. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:10 | Savol-javoblar | 139 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar