Asr va shom orasida kitob o‘qish

Assalomu alaykum! Ko‘p hollarda asr va shom orasida kitob o‘qib o‘tirsam (u hoh diniy mavzudagi hoh dunyoviy mavzudagi bo‘lsin) buvim asr va shom orasidagi paytta o‘qish, yozish kabi yozuvga qarab qiladigan ishlaringni qilmagin ko‘zing xiralashadi yoki yomon bo‘ladi degan mazmunda menga gapiradilar. Bu gaplari qachalik to‘g‘ri va asosli? Haqiqatan ham shundaymi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Joiz. Tibbiy tarafdan shu vaqtda ko‘zni ehtiyot qilishga tavsiya qilingan. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:00 | Savol-javoblar | 194 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar