Namoz uchun g‘usl

Assalomu alaykum! Men namoz o‘qimoqchiman, lekin belimdan operatsiya bo‘lganman, taxorat olib bilaman lekin xali cho‘milish mumkin emas. Jaroxatim ochiq bitgandan keyin cho‘milish mumkin. Hozir faqatgina oldi avratimni yuvib bilaman, juma kuni g‘usl qilish vojib bo‘lgani uchun nomozni boshlamay o‘tirimman. Juma kuni cho‘milmasam ham bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tezda namozni boshlang. O‘zingizga qanday qulay bo‘lsa shunday o‘qing. Turishga qodir bo‘lsangiz turib, qodir bo‘lmasangiz o‘tirib bo‘lsa ham o‘qing. Juma kungi g‘usl vojib emas sunnat. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 04:24 | Savol-javoblar | 157 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar