Rizq va xarakat

Assalomu alaykum! Mening savolim biroz uzunroq va ma’nosizdek ko‘rinishi ham mumkin. Umid qilamanki e’tiborsiz qoldirmaysiz. Bir kuni biz akam bilan “rizq“ va “harakat“ to‘g‘risida bahslashib qoldik. Akam aytyaptiki, rizq Allohdan sen faqat ibodatingni qilib “yotaversang“ ham Alloh seni rizqingga kafilman, rizqingni nima qilib bo‘lsa ham etqazaman deb aytgan va Alloh xohlamasa hushtak chala olmaysan, har bir kichkina harakatinggacha taqdirigga yozilgan bo‘ladi dedi. Men bu fikrga qarshi chiqib (yaratganga shirk keltirish deb o‘ylamang) to‘g‘ri Alloh rizqingizga kafilman degan lekin o‘sha rizqni olish uchun insonni o‘zida ham harakat bo‘lishi kerak, agar har bir kichkina harakatlarimizgacha taqdirimizga yozilgan va bundan tashqari hech narsa qila olmasak bizning bu dunyoga sinov uchun kelganimiz va insonning o‘zida ham tanlov huquqi bo‘lmasa, nima bilan sinaladi inson dedim. Xullas bu katta bahsga sabab bo‘ldi. Men u desam akam bu dedi, akam bu desa men u dedim. Oxiri mening hayolimga bir hikoya keldi. Hammamiz eshitganmiz qaysidir bir joyni suv bosadi va bir kishi meni Alloh qutqaradi deb tomga chiqib o‘traveradi va yaratgan 3 marta uni qutqarish uchun qayiq jo‘natadi. Shunday qilib haligi inson cho‘kib vafot etadi va yaratganga: “Nega meni qutqarmading?“ deb shikoyat qiladi. Yaratgan qayiq jo‘natganini va o‘sha insonning o‘limiga o‘zi sabab bo‘lganini aytadi. Men akamdan shu hikoyani izohlab berishini, agar o‘zi harakat qilib o‘sha qayiqqa chiqsa balki hayotta bo‘lardi deb so‘radim. Akam esa buni ham yaratganning o‘zi xohlagan deya javob berdi. Keyin men yana savol berdim, agar Alloh shuni xohlagan bo‘lsa nega unda o‘sha insonni qutqarish uchun qayiq jo‘natganini aytgan desam javob bera olmadi. Keyin esa menga savol berdi: Hop, rizqingni olish uchun harakat bo‘lishi kerak bo‘lsa, xudo asrasin qo‘l-oyoging ishlamaydigan nogironsan, umuman harakatlana olmaysan,yoningda hech kim yo‘q va qorning juda och. Yoningda esa egulik turibdi. Qani unda o‘sha egulikni harakating bilan olib eginchi?“, dedi. Bu savolga esa men javob bera olmadim va sizlarga murojaat qilishga qaror qildik. Itimos shu holatga oydinlik kiritib bersangiz. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh taolo bandasi o‘lmaydigan darajadagi rizqiga kafil. Orzu-havasiga kafil emas. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 15:03 | Savol-javoblar | 166 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar