Ogohlantirish kerakmi

Hazrat ko‘pincha yoshi katta odamlar yoshlarga nasihat qilishadi bu yaxshi albatta lekin ba‘zida dindan deb dinga to‘g‘ri kelmaydigan gaplarni gapirib yuborishadi. shu holatlarda nima qilishni maslahat berasiz hammani ichida gapirmaganimiz yaxshi lekin alohida gapirsak ko‘pchilik aytilgan gapni to‘g‘ri deb o‘ylab qolishadi. shu holatda nima qilishni maslahat berasiz kattalarni yoshini rioyasini qilamiz shu bilan birga Dinni ham o‘ylaymiz. Alloh ilmingizni barcha musulmonlarga manfaatli qilsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- O‘sha kishi haqida yaxshi gapni aytib turib, ammo mana bu gaplari dinimizga to‘g‘ri kelmaydi, shuni to‘g‘rilab qo‘ymasak, hammamiz gunohkor bo‘lamiz, qabilidagi gaplar bilan ish ko‘rish ma’qul.

6 May 2022, 04:02 | Savol-javoblar | 149 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar