Ustozim ishga joylashtirib kuniga xaq oladi

Assalomu alaykum! Men bir kishidan xunar o‘rganganman. Keyin u meni bir joyga ishga joylashtirdi va men chiqaradigan xar maxsulotdan 1/7 qismini olishini aytdi. Mobodo ish joyida bazi kamchiliklar vujudga kelsa o‘zim xal qilib to‘g‘irlayman dedi. Men rozi bo‘ldim. U mendan oladigan puli halolmi, men shu zaylda ishlashim joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shar’an to‘g‘ri emas. Shariatimizda ishga dalolat qilgani uchun bir bora katta miqdorda bo‘lsa ham haq olishi bor. Lekin mehnat qilmasdan moashga o‘tirib olishi joiz emas. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 04:35 | Savol-javoblar | 178 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar